Samarqand viloyatining Ishtihon tumanida o‘tkazilayotgan viloyat «Kitobxonlik» festivali doirasida kitobga bag‘ishlangan noyob monumentning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ishtihon marmaridan tayyorlangan , qariyb 60 tonna og‘irlikka ega monument festival ishtirokchilari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi . Tuman markazidagi Ustozlar xiyobonida qad rostlagan mazkur inshoot hududdagi ma’naviy-ma’rifiy muhitga uyg‘un tarzda barpo etilgan . Tadbirda so‘zga chiqqan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva mamlakatda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom etayotganini ta’kidladi .
— Yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha ummummilliy harakatga start berildi . Kuni kecha adabiyot , madaniyat va san’at namoyandalari bilan uchrashuvda ham sohadagi muhim yangiliklar haqida so‘z yuritildi . Bugungi festival ana shu sa’y-harakatlarning amaliy davomi bo‘lib , tuman markazida kitobga bag‘ishlab o‘rnatilgan monument ko‘lami jihatidan mamlakatimizdagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi , — dedi u .
Festival doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov , Milliy kutubxona direktori Umida Teshaboyeva hamda viloyat faollari tuman va shaharlar tomonidan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari bilan tanishdi .
Ustozlar xiyobonida o‘tayotgan tadbir yuzlab kitobsevarlar , ijodkorlar va intellektual o‘yinlar ishqibozlarini bir maydonga jamladı . Festival davomida kitob mutolaasini keng tarғib qilish , ayniqsa yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilmoqda .
Shuningdek , ishtirokchilar uchun kitob yarmarkalari , ijodiy chiqishlar , tanlovlar va intellektual bellashuvlar ham o‘tkazilmoqda .