IT-Markaz tinglovchilari Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivalida g‘alaba qozonishdi

    Raqamlashtirish 30 Noyabr 2021 1220

    InnoWeek doirasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivalida IT-Park Toshkent filiali IT markazining robototexnika bo‘yicha yosh tinglovchilari g‘olib deb topildi.

    Tanlovda:

    - konchilar va o‘t o‘chiruvchilarga o‘z ishlarida yordam beradigan “Aqlli bosh kiyim” ixtirosini taqdim etgan Komilova Xonzoda va Boyqo‘ziyeva E’zoza;

    - o‘simliklarni avtomatlashtirilgan sug‘orish bo‘yicha o‘z ishlanmasi bilan ishtirok etgan Ergashev Asilbeklar g‘olib deb topildi.

    Shu munosabat bilan, g‘oliblarini festival tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliqlar, medallar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.