IT-Park “EuroAsian Startup Awards” tanlovi hamkoriga aylandi

    Mamlakatimizda 25 May 2021 741

    IT-Park “EuroAsian Startup Awards” tanlovi hamkoriga aylandi. Bu esa endi bizda “EuroAsian Startup Awards” tanlovida ishtirok etish uchun turli yoʻnalishlardagi startaplarni taqdim etish imkoniyatimiz boʻlishini anglatadi.

    “EuroAsian Startup Awards” — bu 10 ta davlatni, yaʼni Oʻzbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozogʻiston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya va Ukrainani qamrab olgan tanlov hisoblanadi. Tanlov startaplarga nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham oʻzlarini namoyon etishlariga imkon beradi.

    “Bizning maqsadimiz oddiy. Biz mahalliy innovatsion gʻoyalarning global miqyosda tasdiqlanishini, global ekotizim aʼzolari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni hamda asosiy eʼtiborning isteʼdodlarga va kashf qilinmagan biznes imkoniyatlariga boy mintaqalarga qaratilishini xohlaymiz”, deya https:// euroasianstartupawards.com saytida yozilgan.

    Yaqinda boʻlib oʻtadigan “EuroAsian Startup Awards 2021” mavsumida Oʻzbekiston ishtirok etadi. Bu esa, oʻz navbatida, tez orada bizdan dunyo miqyosida oʻzini koʻrsata oladigan startaplar chiqishidan dalolat beradi, deb xabar beradi IT-Park matbuot xizmati.