IT parkda sunʼiy intellekt markazi ochiladi

    Endi, barcha sohada sunʼiy intellekt texnologiyalari keng joriy qilinadi.

    Toʻrtinchi yoʻnalish – xizmatlar sohasiga yangi turtki berish.

    Oʻzbekistonda band aholining 52 foizi xizmatlar sohasida ishlayapti. Ishlab turgan korxonalarning 68 foizi ham xizmatlar sohasiga toʻgʻri keladi.

    Lekin, sohada band boʻlganlarning atigi 4 foizi yuqori qoʻshilgan qiymat beradigan yoʻnalishda faoliyat yuritayapti. Shu bois, xizmatlarda, avvalo, IT sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

    Yetti yil oldin noldan boshlangan bu soha 1 milliard dollarlik eksport qilish salohiyatiga ega boʻldi, har bir hududda eksportga yoʻnaltirilgan IT parklar tashkil qilindi.

    Endi, barcha sohada sunʼiy intellekt texnologiyalari keng joriy qilinadi. IT parkda sunʼiy intellekt markazi ochiladi.

    Bu yoʻnalishda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi.