IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi

    ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi

    Bugungi kunda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

    Bunday yoshlarimiz yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda.

    Lekin bizda ularni boshini qovushtiradigan, muammolarini eshitib, huquqlarini himoya qiladigan tizim yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.

    Qoʻshilgan qiymat yaratib, uni eksport qilayotgan bunday yoshlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib berish zarurligi taʼkidlandi.Endilikda:

    - IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi;

    - ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;

    - IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;

    - yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi.