Tashrif davomida oliy oʻquv yurti vakillari elchini universitet faoliyati, maʼmuriyati va universitet binolari bilan tanishtirdi. Muzokara davomida hamkorlikni yana-da rivojlantirish rejalari ham muhokama qilindi.

Xususan, Italiya universitetlari bilan taʼlim va fan sohasidagi hamkorlik qilish, qoʻshma grantlarni ishlab chiqish, ilmiy va innovatsion loyihalarni birgalikda yaratish hamda hamkorlikda madaniy tadbirlarda ishtirok etish masalalari koʻrib chiqildi.