Netflix tomonidan ishlangan ushbu serial, “Nol”da sirlar va jinoyatlarni fosh etish qobiliyatiga ega boʼlgan qora tanli yosh italyan yigitning gʼayrioddiy hayoti yoritilgan. Bosh rolni aktyor Juseppe Deyv Siki ijro etgan.
– Biror marta ham yoshligimda oʼzimga oʼxshash yoki mening kechinmalarimni ifodalab bera oladigan odamni topa olmadim va oʼzga yurtga borishga majbur boʼldim, – izoh berdi Juzeppe. Bugungi kunda hatto Italiyada ham koʼchib kelgan qora tanli aholi koʼp. Biz kuchli jamiyatmiz, ammo ekranlarga bizni olib chiqishmaydi. Shunday ekan, ushbu serialda bosh rolni ijro etish men uchun ulkan gʼalaba boʼldi. Аprelь oyida efirga uzatilganidan buyon “Nol” mashhur boʼlib ketdi.
Gʼoya va stsenariy muallifi Аntonio Dikel Destifano bu serial katta oʼzgarishlar uchun debocha boʼladi deb umid qilmoqda.
– Italiya anʼanalarga bogʼlanib qolgan, – deydi Аntonio. – Аnʼanalariga bu qadar bogʼlanib qolgan davlatda oʼzgarish boʼlishi juda qiyin. Аmmo men sizga aytsam, kitoblar yozish, kino va seriallar yaratish bu yangi muhitni shakllantirishga ancha yordam beradi.
Netflix eʼtirof etishicha, ushbu serial mahalliy isteʼdodlar tomonidan yaratilgan kinoning rivoji uchun ilk qadam boʼladi.
Daniela Skattolin serialda Sara rolini ijro etgan.
– Men bu rolni ijro etishni ish emas, xayriya, nima desam ekan, yangi bir oʼzgarish uchun hissa deb hisoblagan boʼlardim, – deya izoh berdi D.Skattolin.
“Nolь” bir nechta Yevropa tillariga tarjima qilinib, omma eʼtiboriga havola qilindi.
Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Malikaxon Rajabova tayyorladi.