Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, joriy yilning 1-martidan dunyoning barcha mamlakatlari fuqarolari Italiyaga hech qanday cheklovlarsiz kelishi mumkin. Endi ularda vaksina olganligi toʻgʻrisida, sogʻligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma va COVID-19 ga salbiy test boʻlsa kifoya.
Vazirlikning bildirishicha, mamlakatda COVID-19 bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yaxshilanib bormoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, bir-kecha-kunduzda 60029 kishida koronavirus aniqlangan, 89993 kishi bu kasallikdan sogʻaygan, 332 kishi esa vafot etgan.