“Italiya-Oʻzbekiston ilgʻor muhandislik markazi” ochildi

    Birinchi Oʻzbekiston-Italiya taʼlim forumi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida “Italiya-Oʻzbekiston ilgʻor muhandislik markazi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Ushbu markaz Italiyadagi ilgʻor va innovatsion texnologiyalarni uzluksiz joriy etish orqali Oʻzbekistonda mashinasozlik, toʻqimachilik, mashinasozlik, charmsozlik sohalarida ishlab chiqarish maydonlarini kengaytirish, oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish, tajriba loyihalari, ixtisoslashtirilgan maʼlumotlarni tarqatish, ikki davlatlarning xususiy sektorini jalb qilgan holda koʻzda tutilgan tarmoqlarda Italiya-Oʻzbekiston sarmoyalari va qoʻshma korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun infratuzilma va shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

    Markazda talabalar eng zamonaviy moddiy-texnik bazada amaliy tajribalarini muntazam shakllantirib boradi.

    Shuningdek, yoshlar eksport mahsulotlari ishlab chiqarishda ishtirok etish hamda ilmiy-innovatsion tadqiqot ishlari olib borgan holda kasbiy koʻnikmalarini ham yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

    Markaz mamlakatimizdagi tekstel, charmsanoat va mashinasozlik yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat yurituvchi korxonalarning muammolarini oʻrganadi va ularga yechim topishda amaliy koʻmaklashadi.

    Markaz mamlakatimizdagi tekstel, charmsanoat va mashinasozlik yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat yurituvchi korxonalarning muammolarini oʻrganadi va ularga yechim topishda amaliy koʻmaklashadi. Shuningdek, markaz yordamida yuqori malakaIi kadrlar tayyorlab boriladi.