Tadbir davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari, Italiya tashqisiyosat idoralari rahbarlari va Yevropa Ittifoqi vakillari mintaqadagi dolzarb muammolar, siyosat, iqtisodiyot va sogʻliqni saqlash sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Konferensiya doirasida “Italiya va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida davra suhbati ham oʻtkaziladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.