Italiyada avtobus halokatga uchradi, 20 dan ortiq kishi halok bo'ldi

    Italiya shimolida yo'lovchi avtobusi halokatga uchradi. Italiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, kamida 21 kishi halok bo'lgan, 12 kishi jarohatlangan va qolganlar bedarak yo'qolgan.

    Avtohalokat Venetsiyaning materik mintaqasi – Ozodlik ko'prigi orqali shaharning orol qismiga avtomobil va temir yo'l ko'prigi orqali bog'langan Mestre hududida sodir bo'ldi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, avtobus vokzal yaqinida 30 metr balandlikdan pastga tushib ketgan. Oqibatda elektr simlariga to'qnashib, yonib ketgan.

    Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Pyantedozining ta'kidlashicha, avtobus xususiy kompaniyaga tegishli bo'lgan. Undan nima maqsadda foydalanilgani hali aniqlanmagan. Taxminlarga ko'ra, salonda sayyohlar, jumladan, chet elliklar ham bo'lgan.

    Mahalliy OAV halok bo'lganlar orasida ikki nafar bola ham borligini xabar qildi. Ko'plab jabrlanuvchilar og'ir ahvolda shifoxonalarga yetkazilgan. Qutqaruvchilar voqea joyida odamlarni qidirishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, tezkor xizmat xodimlari qurbonlar soni ortishi mumkinligiga aytmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.

    Italiya bosh vaziri Jorja Meloni hukumat nomidan halok bo'lganlar va jabrlanganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi. O'z navbatida, respublika Prezidenti Serjo Mattarella avtohalokatni dahshatli fojia deb atadi.