Britaniyalik tadbirkor Mayk Linch va uning 18 yoshli qizi kuchli bo'ron tufayli Sitsiliya qirg'oqlari yaqinida hashamatli yaxta cho'kib ketganidan so'ng bedarak yo'qolganlar ro'yxatiga kiritildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Bo'ron to'satdan yaxtaga urilgan va u tezda suv ostida g'oyib bo'lgan. 15 kishi, jumladan, Linchning rafiqasi, yaxta egasi Anjela Bakares va bir yoshli qizcha qutqarildi. Biroq olti kishi, jumladan Linch va uning qizi bedarak yo'qolgan. Yaxtaning oshpazi halok bo'ldi.
Italiya qirg'oq qo'riqlash xizmati halokat sabablarini o'rganmoqda va 49 metr chuqurlikka cho'kib ketgan kemani tekshirmoqda. Guvohlarning ta'kidlashicha, bo'ron kutilmaganda kuchaygan.
Mayk Linch texnologiya sohasidagi yutuqlari bilan tanilgan. U Autonomy kompaniyasiga asos solgan va uni 2011-yilda Hewlett-Packard kompaniyasiga 11 milliard dollarga sotgan. Biroq, kelishuv uzoq davom etgan sud jarayonlariga olib keldi va 2024-yilning iyuniga kelib San-Frantsiskodagi jinoiy sud jarayonida Linch oqlandi.
Hodisa sabablarini tekshirish, shuningdek, yaxtaning bedarak yo'qolgan yo'lovchilarini qidirish davom etmoqda.
Qayd etilishicha, kema bortida Britaniya va Fransiya fuqaroligiga ega ikki kishi, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Shri-Lanka, Buyuk Britaniya fuqarolari bo'lgan. Sohil xavfsizlik xizmati 15 kishini, jumladan bir bolani qutqardi, deb xabar beradi korrespondent.net.