U yer sathidan 175 metr balandlikda joylashgan bo'lib, uzunligi 517,5 metrga yetadi.
Inshoot Sellano va Montesanto qishloqlarini bog'laydi. Uni ustidan o'tish uchun 30 dan 45 daqiqagacha vaqt sarflanadi. Inshootning rasmiy saytida aytilishicha, zinapoyalar orasidagi masofa adrenalin oqimini oshiradi va uni yengish katta jasorat va sarguzashtlarga chanqoqlikni talab qiladi.
Ko'prikdan o'tishga qaror qilganlar xavfsizlik kamarlari bilan ta'minlanadi. Tashrif buyuruvchining bo'yi kamida 120 santimetr bo'lishi, ruhiy va jismoniy salomatligi yaxshi bo'lishi, balandlik kasalligidan aziyat chekmasligi kerak. Ko'prik yil davomida ishlaydi va chipta narxi 25 evro, deb xabar beradi mir24.tv.