Italiyada ikkita poyezd to'qnashib ketdi

    Italiyada Bolonya-Rimini yo'nalishida ikkita poyezdning to'qnashib ketishi oqibatida kamida 17 kishi jabrlandi.

    Aniqlik kiritilishicha, hodisa Faentsa shahri va Forli kommunasi o'rtasida sodir bo'lgan.

    Milliy poyezd operatori vakilining aytishicha, jabrlanganlarning barchasi yengil jarohat olgan.

    To'qnashuv past tezlikda sodir bo'lgani uchun jiddiy jarohatlarning oldi olindi.

    Hozirda Kastel-Bolonyeze va Forli aholi punktlari o'rtasidagi uchastkada transport harakati to'xtatilgan.

    Hodisa sabablari aniqlanmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.