Oʻzbekiston hunarmandlari Italiyada tashkil etilgan koʻrgazmada ishtirok etmoqda

    Buxoro, Toshkent, Fargʻona, Xorazmdan borgan hunarmandlarimiz ipak sumka, sharf, soʻzana pichoq, keramika (archa oʻyinchoqlar) kabi mahsulotlari bilan Italiyada Oʻzbekiston sharafini ulugʻlashmoqda.

    Avval xabar berilganidek, 2023-yilning 2-dekabr kuni Italiyada “ARTIGIANO IN FIYERA” xalqaro hunarmandchilik koʻrgazmasi ochildi.

    Mazkur koʻrgazma har yilning yakunida, 100 dan oshiq davlatlardan yigʻilgan hunarmandlar hamda 1,5 mln dan ziyod tashrif buyuruvchilar ishtirokida Italiyaning Milan shahrida 25 yildan buyon muntazam ravishda oʻtkazilib kelinmoqda.

    Koʻrgazmada “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari boʻlgan hunarmandlar, Uyushma rahbari Ulugʻbek Abdullayev ishtirok etmoqda.

    Koʻrgazma doirasida “Hunarmand” uyushmasi hamda "ARTIGIANO IN FIYERA” oʻrtasida Memorandum imzolandi.

    Buxoro, Toshkent, Fargʻona, Xorazmdan borgan hunarmandlarimiz ipak sumka, sharf, soʻzana pichoq, keramika (archa oʻyinchoqlar) kabi mahsulotlari bilan Italiyada Oʻzbekiston sharafini ulugʻlashmoqda.