Unda Parijdagi mashhur Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida ochilgan Oʻzbekiston madaniy merosiga bagʻishlangan yirik koʻrgazmalarga oid atroflicha maʻlumotlar qalamga olingan.
Maqola muallifi, jurnal muxbiri Francheska Pinining yozishicha, koʻrgazmalarda afsonaviy shahar Samarqandga va Oʻzbekiston madaniyatiga bagʻishlangan yuksak zargarlik sanʻati xazinalari, gilamlar, kiyim-kechaklar, matolar, bezakli naqshlarga boy soʻzanalar namoyish etilmoqda.
“Mazkur koʻrgazmalar koʻp asrlik oʻziga xos anʻanalar va boy tarixdan guvohlik beradi. Luvrdagi koʻrgazma 2023- yilning 6- martiga qadar, Arab dunyosi institutida esa 4-iyungacha davom etadi”, deb yozadi “Sette” jurnali.