Qutqaruvchilar Ravenna hududidan ikki kishining jasadini topdi, deya xabar bermoqda La Repubblica. Emiliya-Romanya mintaqasida bir necha kishi bedarak yo'qolganlar ro'yxatiga kiritilgan. 40 dan ortiq aholi punktlari toshqindan zarar ko'rdi, deyarli 30 ming kishi xavfsiz joyga ko'chirildi. 250 ta yo'l to'sib qo'yildi, bir qator yo'nalishlarda temir yo'l aloqasi uzildi. Viloyatning 30 mingga yaqin aholisi elektr energiyasisiz qoldi. Emiliya-Romanyada hali-hamon ob-havo xavfining qizil darajasi saqlanib qolmoqda.

Dushanbadan beri to'xtamayotgan yomg'ir daryolarning o'zanidan chiqib ketishiga, sel kelishiga, o'nlab aholi punktlarining suv ostida qolishiga olib keldi, deyiladi mir24.tv saytida.