Tabiiy ofat 30 dan ortiq shaharga ta'sir etdi. Oxirgi 48 soat ichida rekord darajadagi 300 mm yomg'ir yog'di, so'nggi ikki haftadagi yog'ingarchilik esa yetti oylik meyorga teng bo'ldi. Ko'plab sel oqimlari ham qayd etildi. Mahalliy avtomagistrallarda avtomobillar harakati to'xtatildi, mintaqaviy temir yo'l harakatida qiyinchiliklar yuzaga keldi.

Mintaqa gubernatori Stefano Bonachchini vaziyatni zilzila bilan qiyosladi. Jabrlangan hududlar uchun favqulodda choralarni kuchaytirish, shuningdek, avj olgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun qo'shimcha 20 million yevro ajratish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi sb.by.