Raqs paytida XV asrga oid monastir qulab tushgan va o‘nlab odamlar to‘rt metr balandlikdan pastki qavatga qulagan.
Hodisa oqibatida 35 kishi tan jarohati olgan. Ularning 6 nafari og‘ir ahvolda. Jarohatlanganlar zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari tergov ishlarini olib bormoqda.
Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.