Italiyada tosh yogʻdi

    Sitsiliyada yana Etna vulqoni otilib chiqishi ortidan bir nechta aholi punktlari birdan kul va toshlar yomgʻiri ostida qoldi.

    Maʼlum boʻlishicha, Sitsiliyaning Etna vulqoni yaqinidagi aholi yashaydigan punktlarda tosh parchalari yogʻdi.

    Ushbu tabiiy ofat sababli koʻplab aholi ishga chiqmagan. Shuningdek, tosh yomgʻiri uy va mashinalarga katta miqdorda zarar yetkazgan.

    Yevropaning eng baland vulqoni ikki hafta oldin uygʻondi va muntazam ravishda lava favvoralarini hosil qildi. Kataniya aeroportida parvozlar allaqachon toʻxtatilgan.