Italiyada yuzlab tobutlar dengizga oqib ketdi

    «Ushbu hududda togʻ koʻchkilari va tuproq oʻpirilishlari tez-tez sodir boʻlib tursa-da, oxirgi voqea haddan tashqari katta fojiaga aylandi», deydi mer.

    Italiyada tuproq oʻpirilishi oqibatida yuzlab tobutlar dengizga qulagan. Bu haqda BBC xabar berdi.

    “Bu turdagi koʻchkini oldindan aytish yoki sezish juda qiyin”, — deydi hodisa roʻy bergan Genuya shahridagi Kamoli qishlogʻi meri Franchesko Olivari.

    Uning soʻzlariga koʻra, bir necha kun oldin mahalliy ishchilar qoyadagi yoriqni koʻrib qolishgan va bu haqda masʼullarga xabar berishgan. Gap shundaki, qishloq qirgʻoqlarini yuvib turadigan Liguriya dengizi yaqinidagi jarlik ustida 100-yillik qabriston bor. Tobutlar qadimgi italyan urf-odatlariga koʻra, devorlar orasiga suvab tashlangan edi. Hosil boʻlgan yoriq oqibatida devorning bir qismi qabrlar bilan birga suvga tushib ketgan.

    «Ushbu hududda togʻ koʻchkilari va tuproq oʻpirilishlari tez-tez sodir boʻlib tursa-da, oxirgi voqea haddan tashqari katta fojiaga aylandi», deydi mer.

    Manba: aniq.uz