Soʻrovnomaga asoslanib, “TheLocal.it”ning xabar berishicha, mamlakat aholisining uchdan ikki qismi bu yilgi yozda amerikalik sayyohlarning mamlakatga kelishini istashmayapti.
Respondentlarning 57 foizi xitoyliklarga, 44 foizi britaniyaliklarga qarshi ovoz bergan.
Shuningdek, nashr Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va Finlyandiyada oʻtkazilgan soʻrovnomalar ham oʻxshash natija berganini yozgan. Sanalgan mamlakatlarda respondentlarning 61-79 foizi amerikalik sayyohlar kelishiga qarshi. Xitoylik mehmonlarga ham munosabat deyarli shunday — 57-77 foiz.
Oʻz navbatida, amerikaliklar ham Yevropaga uncha oshiqishayotgani yoʻq. Ularning faqat 17 foizi yozgi taʼtilda Italiyaga yoki Fransiya, Ispaniya va Germaniyaga borish imkoniyatini oʻylab koʻrishlarini bildirishgan.