U final bahsida yaponiyalik raqibi Kanoa Igarasini ortda qoldirdi. Bronza medaliga avtraliyalik Ouen Rayt sazovor boʻldi.

“Buvim hayot boʻlganlarida, mening bu yutuqlarimni koʻrganlarida edi... Men shunday darajaga erishib, ota-onamni xursand qilganimdan baxtiyorman. Har doim shu haqda oʻylardim va bu orzuim amalga oshdi”, deydi Italo Ferreyra.

Syorfing Xalqaro olimpiya qoʻmitasining 2016-yilda oʻtkazilgan sessiyasida olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.