Kuni kecha ushbu qushlar Davlat ekologiya qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti xodimlari va “Tugan Falconry Club” jamiyati vakillari ishtirokida Toshkent viloyatidagi dasht kengliklariga qo'yib yuborildi.
Ma'lumot uchun, itolg'i qushi O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga, yo'q bo'lib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) Konventsiyasi ilovasiga va Xalkaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (MSOP) Qizil kitobiga kiritilgan.