Kurslar “Executive Education” oʻquv dasturi asosida tashkil etilib, “Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish” va “Xalqaro investitsiyaviy huquq va arbitraj” yoʻnalishlarida interaktiv seminarlar va munozaralar shaklida boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotlarga Glazgo va Oksford universitetlari (Buyuk Britaniya) hamda Kolumbiya universiteti va Kaliforniyaning Berkli universiteti (AQSH) professorlarini jalb qilindi. Kurslar dasturlari, boshqalar koʻnikmalar qatorida, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, samarali gʻoyalarni ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantirish, boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish, koʻrsatkichlarni malakali boshqarish va xatarlarni tahlil qilishni oʻrganishga qaratildi.

28-mayda kurs tinglovchilari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov bilan uchrashib, oʻz taassurotlari va egallagan koʻnikmalari bilan oʻrtoqlashdi.

Ochiq va samimiy ruhda boʻlib oʻtgan suhbat ITSV hududiy boʻlinmalar rahbarlari joylarda oʻz faoliyati davomida duch keladigan dolzarb masalalar va muammolarni muhokama qilish, xorijiy hamkorlar bilan oʻzaro munosabatlar yoʻnalishlarini koʻrib chiqish hamda Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha eng samarali mexanizmlarini muhokama qilish imkonini berdi.

Vazirlik rahbariyati investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish bosqichidan boshlab ishga tushirilayotgan korxonalar faoliyatini qoʻllab – quvvatlashgacha boʻlgan barcha jarayonlarda tadbirkorlar bilan bevosita hamkorlik qilish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida bevosita joylarda egallangan koʻnikmalarni samarali qoʻllashning muhimligini taʼkidladi.

Shu nuqtayi nazardan, hududlarda tahlil qilish, strategik fikrlash qobiliyatiga ega hamda aniq natijalarga erishishni koʻzlagan mutaxassislarning mavjudligi Vazirlikka topshirilgan vazifalarni sifatli bajarish doirasidagi samarali faoliyatida muhim omil boʻlishi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar kurslar davomida oʻrganilgan bilim va koʻnikmalari asosida kelgusida hududlarda ITSV ishini tashkil qilish boʻyicha fikr va takliflar almashdi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.