Xotin-qizlarning bilim va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan “ITWomenUz — 2021” loyihasining 2-bosqichi doirasida Buxoro viloyati “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi psixologlari Gulchexra Avezova va Nargiza Nurullayevalar ishtirokida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun “Oʻzingga ishon” mavzusidagi onlayn psixologik trening oʻtkazildi.
Unda 20 nafar mahalliy xotin-qizlar toʻgʻridan-toʻgʻri hamda respublikamizning boshqa hududlaridagi 900 ga yaqin xotin-qizlar onlayn ishtirok etishdi.