«ITWomenUz–2021» bitiruvchilari taqdirlandi

    Mamlakatimizda Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash, Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalar texnologik parki” MChJ (“IT-Park”) va tegishli tashkilotlar hamkorligida hududlarda “ITWomenUz-2021” loyihasi davom etmoqda.

    Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi “IT-markaz”ida Mahalla va oilani qoʼllab quvvatlash tuman boʼlimi tomonidan «ITWomenUz–2021» loyihasi boʼyicha oʼquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh xotin-qizlarni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

    Loyiha doirasida “Kompьyuter savodhonligi”, “Elektron tijorat” boʼyicha tashkil etilgan 36 soatlik oʼquv kursida tahsil olgan 15 nafar xotin-qizlarga kasbiy malaka sertifikatlari va esdalik sovgʼalar topshirildi.