Mazkur topshiriqqa asosan, respublika bo'yicha 2021-yilda 88,9 mingdan ortiq xonadonda jami 1175 gektar maydonga ihcham issiqxonalar qurish belgilangan.
Joylardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2021-yilning 1-oktyabr holatiga 71 ming xonadonda jami 947 gektar maydonga ixcham issiqxonalar tashkil etilgan.
Ma'lumot uchun, Xorazm viloyatida 11,2 mingta, Andijonda 8,7 mingta, Toshkentda 7,5 mingta, Buxoroda 7,4 mingta, Qashqadaryoda 6,5 mingta, Samarqandda 5,7 mingta, Namanganda 5,2 mingta, Surxondaryoda 4,8 mingta, Farg'onada 4,2 mingta, Qoraqalpog'iston Respublikasida 4 mingta, Jizzaxda 3,1 mingta, Navoiyda 1,8 mingta, Sirdaryo viloyatida 927 ta xonadonda issiqxonalar tashkil etilgan.
Shu bilan bir qatorda, xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha ishlab chiqilgan reja asosida ishlar tashkil etilib, joriy yilda “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, ixcham issiqxona qurish orqali tomorqasidan daromad olish istagini bildirgan xotin-qizlardan 4431 nafari birinchi bosqichda, 1459 nafarini ikkinchi bosqichda jami 5900 nafar xotin-qizning bandligi ta'minlandi.
M.Tilovov,
O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutaxassisi