Misol uchun, Irrigatsiya universiteti oʻqituvchisi Eʼzozbek Ozodov ixtiro qilgan “Yaroqsiz suvlarni tozalash raqamli uskunasi” mavjud analoglaridan 25 foiz samarali ishlashi xalqaro darajada tan olindi. Hozirda bu uskunaga AQSHning yirik korxonalaridan koʻplab buyurtmalar olingan.

Yoki Transport universiteti professori Ziyoda Odilova lokomotivlar uchun dizel generatori va elektr tortish motoridan iborat gibrid tizimni ixtiro qildi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” loyihani amaliyotga joriy qilish boʻyicha ishlarni boshlab yuborgan.

«Koʻrib turibsiz, oliygohdagi olimlarda iqtisodiyotimizni rivojlantiradigan zoʻr-zoʻr ilmiy ishlanmalar, loyihalar bor.
Shuning uchun, ilm-fan va biznes vakillarini bir-biri bilan uchrashtirib, manfaatli hamkorlikda ishlaydigan tizim qilamiz. Bundan ilm ham, biznes ham yutadi.
Shu bois, ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qoʻshimcha 100 milliard soʻm ajratamiz», – dedi davlatimiz rahbari.