So‘nggi 6 yilda mamlakatimizdagi ixtisoslashgan tibbiyot markazlari soni 10 tadan 24 taga, ularning filiallari esa 2 tadan 269 taga yetkazilgan.

Natijada:

- ushbu markazlarda bajarilayotgan yuqori texnologiyali amaliyotlar ulushi 40 foizdan 90 foizgacha, hududlarda esa 15 foizdan 55 foizgacha yetkazildi;

- joylardan poytaxt shifoxonalariga murojaatlar soni 45 foizgacha kamaydi.

Misol uchun, so‘nggi ikki yilda:

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya, kardiologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, endokrinologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida 110 turdan ortiq yuqori texnologiyali tashxislash va davolashning yangi uslublari o‘zlashtirilib, amaliyotga tatbiq etildi.

Jumladan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida:

- respublika darajasida — 18 turdagi,

- viloyat darajasida — 36 turdagi,

- tuman darajasida — 12 turdagi yangi jarrohlik va diagnostika usullari joriy etildi.

Shu tufayli muassasada bajariladigan shunday amaliyotlar soni o‘tgan yilgi 387 tadan 428 taga yetkazildi.

Yil yakunigacha markaz tomonidan hududlarda yana 10 turdagi yuqori texnologik amaliyotlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.