Ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-iyuldan boshlanadi

    Ta'lim 2 Iyul 2022 2561

    Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-iyuldan boshlanib, 6 kun davom etadi.

    Bu haqda Prezident taʼlim muassasalari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Test jarayonlari 3-iyul kuni 08:00 da boshlanadi.

    Imtihonlar 3 smenada - 08:00 13:00 va 18:00 da boʻlib oʻtadi.

    Imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

    Imtihon joyi va boshqa zaruriy maʼlumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

    Talabgorlar tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

    Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

    Sinflar kesimida imtihon fanlari quyidagicha:

    – matematika, ingliz tili – 5–6-sinf aniq fanlar;

    – matematika, ingliz tili, fizika – 7–11-sinf aniq fanlar;

    – biologiya, ingliz tili – 7-sinflar tabiiy fanlar;

    – biologiya, ingliz tili, kimyo tabiiy fanlar yoʻnalishida – 7-sinfdan yuqori sinf tabiiy fanlar yoʻnalishi.

    Test savollari maktab darsliklari boʻyicha tuzilgan. Imtihonda oʻquvchining asosan mantiqiy fikrlash qobiliyatlari tekshiriladi.