Qayd etilishicha, u bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Maʼlumot uchun; uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor oʻrinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshligʻi vazifasida ish olib borgan.