Qarorga koʻra, quyidagilar joriy etiladi:
- Oʻzbekiston hududida ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq butun hayotiy davr boʻyicha (I tip) “Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi (ekologik markirovkalash tizimi);
- mahsulot va xizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini ekologik markirovkalash tizimida avtorizatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslar (ekologik markirovkalash organi) tomonidan baholash tartibi.
Ekologiya vazirligi ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilandi hamda unga quyidagi vazifalar yuklandi, jumladan:
- ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish hujjatlarini, shu jumladan, ekologik markirovkalash tizimi qoidalari, ekologik markirovkalash organini avtorizatsiyadan oʻtkazish, xorijiy davlatlarning ekologik markirovka tizimlarini tan olish hamda ekologik markirovka belgisini qoʻllash tartiblarini tasdiqlash;
- ekologik markirovkalash organlariga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash;
- ekologik markirovkalash standartlariga muvofiq ekologik jihatdan afzal, shu jumladan, resurslarni tejovchi, kam chiqitli va chiqindisiz, atrof-muhitga salbiy taʼsiri kamaytirilgan mahsulotlarni keng ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
- ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish.
Shuningdek, ekologik markirovka belgisi tasdiqlandi.