Iyul oyi oxirida Toshkent shahrida Afgʻoniston boʻyicha oliy darajada xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi

    Xalqaro hamkorlik 13 May 2022 850

    Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Dushanbe shahrida boʻlib oʻtyotgan MDH tashqi ishlar vazirlari Kengashining majlisidagi nutqida maʼlum qildi.

    Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan konferensiyada Afgʻonistonning bugungi kuni va kelajagi, mamlakatning ogʻir ijtimoiy muammolarini hal qilish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

    V.Norov Dushanbedagi majlisda mintaqa davlatlari iqtisodiyotining taraqqiyoti uchun xalqaro transport kommunikatsiyalarini shakllantirishning ahamiyati haqida ham toʻxtaldi:

    “Hamdoʻstlik hududida, birinchi oʻrinda «Shimol-Janub” yoʻnalishidagi mintaqalararo va transkontinental transport yoʻlaklari tizimini, shu jumladan “Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor” yoʻnalishidagi temir yoʻlini diversifikatsiya qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirishni muhim deb bilamiz», — dedi V.Norov.