Qoʻmita rasmiy saytida joylashtirilgan axborotga koʻra, 2020-yilning iyulida isteʼmol narxlari va tariflari darajasi oy davomida oʻrtacha 0,3 foizga pasaydi.
shuningdek, 2020-yilning yanvar-iyul oylari davomida isteʼmol bozoridagi narxlar va tariflar oʻrtacha 4,3 foizga koʻtarildi.
Yillik davrda esa (2019-yilning iyuliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha oʻsish surʼati 14,4 foizni tashkil etdi.
Bozorlarning yangi meva-sabzavot mahsulotlari hosili bilan toʻyinganligi sababli, ushbu tovarlar guruhi umumiy narxlarning pasayishiga olib kelib, natijada joriy yilning iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmol narxlari indeksi (INI) 98,7 foizni tashkil etdi.
Oy davomida nooziq--ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari mos ravishda 0,5 foiz va 0,4 foizga qimmatlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining arzonlashishi hisobiga umumiy INI koʻrsatkichi 0,6 f.d.ga pasaydi. Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining koʻtarilishi natijasida umumiy koʻrsatkich 0,2 ff.d.ga oʻsdi. Xizmatlar tariflarining oʻsishi natijasida umumiy INI qoʻshimcha ravishda 0,1 ff.d.ga oshdi.
Joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida har bir oy uchun asosiy guruhlardagi narxlarning oʻzgarishi umumiy isteʼmol narxlarining oʻsishiga yoki pasayishiga taʼsir qilishi dinamikasiga kelinsa, joriy yilning yanvar-aprel oylarida nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar taʼsirining nisbiy barqarorligi sharoitida oziq-ovqat mahsulotlaridagi narxlarning oʻzgarishi taʼsiri asta-sekin oʻsib bordi (0,4 f.d.dan 1,4 f.d.gacha).
May oyidan boshlab, meva-sabzavot mahsulotlarining va shunga mos ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining mavsumiy pasayishi tendensiyasi qisqa muddatda inflyatsion bosimni sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi.
Umumiy hisobda, 2020-yilning yanvar-iyul oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 4,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 4,1 foizga, xizmatlar 3,6 foizga oshdi.