Iyul oyida qanday ob-havo kutiladi?

    Mamlakatimizda 30 Iyun 2022 2526

    30-iyunda respublika hududining katta qismida haroratning biroz pasayishi boshlandi va u 1-iyulda ham davom etadi. 2-3-iyul kunlari yurtimizning katta qismida harorat yana 40-41° gacha koʻtariladi. Janubning eng chekka qismida ushbu kunlarda harorat 42-45° oraligʻida barqaror boʻladi.

    Keyingi kunlarda esa bizni nisbatan salqin havo kutadi. 3-iyulda shimoliy hududlarda, 4-5-iyul kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha havo harorati yoz fasli uchun 30-33° boʻlgan qulay qiymatlargacha pasayadi, soʻng bir necha kun davomida 34-37°, janubda 38-40° atrofidagacha boʻlishi saqlanib turadi.

    Iyul oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat asosan 35-38° atrofida boʻlishi, ayrim kunlari baʼzi joylarda 40-42° gacha koʻtarilishi kutiladi.

    Iyul oyida yomgʻir yogʻish ehtimoli kam, faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda 2-4 kun qisqa muddatli momaqaldiroq aralash yomgʻir yogʻishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.