Tadbirda “Poytugʻ temir yoʻl stansiyasi” boshligʻi vazifasini bajaruvchi E.A. “M.” fermer xoʻjaligi rahbari va uning akasiga Izboskan tumani temir yoʻl stansiyasi tasarrufidagi yer maydonlari hisobidan jami 0,20 gektar yer maydonini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishi orqali ajratib berish va kelgusida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 8 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.