Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning maʼlum qilishicha, Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi masjid hududida roʻy bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok boʻlgan fuqarolarning oila aʼzolariga har tomonlama koʻmaklashish hamda jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam koʻrsatish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini oʻrganish, shuningdek, bu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyish bilan Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.