Izboskan tumaniga yangi hokim tayinlandi

    Ahmadaliyev Abrorbek Qosimjonovich Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

    Abror Ahmadaliyev 1988-yilda Izboskan tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan.

    Mehnat faoliyati davomida Andijon viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi axborot-tahlil xizmati bosh mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha kotibiyatining mudiri, Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifalarida faoliyat olib borgan.

    Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.