Izmir aeroporti o'rmon yong'inlari sababli vaqtincha faoliyatini to'xtatdi

    Yong'in nazoratga olingandan keyin parvozlar odatdagidek davom etadi.

    Turkiyaning Izmir shahri xalqaro aeroporti viloyatda davom etayotgan o'rmon yong'inlari sababli parvozlarni vaqtinchalik to'xtatdi, deb xabar bermoqda Milliyet gazetasi.

    Adnan Menderes aeroporti Gaziemir tumanidagi yong'in zonasi yaqinida joylashgan. Davom etayotgan o'rmon yong'inlari, tutun va o't o'chiruvchi samolyotlarining ishiga xalaqit bermaslik uchun aeroport samolyotlarni qabul qilish va qo'ndirishni to'xtatdi. Izmirga kelgan ba'zi reyslar boshqa aeroportlarga yo'naltirildi. Yong'in nazoratga olingandan keyin parvozlar odatdagidek davom etishi kutilmoqda.

    Aeroportning onlayn bortida ba'zi rejalashtirilgan reyslar qoldirildi, ko'plari bekor qilindi.

    Avvalroq Izmir gubernatori Sulaymon Elban viloyatning uchta tumanida yirik o'rmon yong'inlari sodir bo'lganini ma'lum qilgandi. Yong'in bir qancha tumanlar aholi yashash joylariga yetib bordi va u yerdagi odamlar evakuatsiya qilindi. Yong'inlarni o'chirish uchun 1100 nafar o't o'chiruvchi, 6 ta samolyot, 23 ta suv tashuvchi mashina va buldozerlar jo'natildi. Tezligi soatiga 70 dan 117 kilometrgacha o'zgarib turadigan kuchli shamollar tufayli yong'in o'chirish samolyotlarining ishlashi va muntazam ravishda suv purkashi qiyin kechmoqda, deb xabar beradi tass.ru.