“Oʻtmish sari olgʻa: ruslar nega Oʻzbekistonga oshiq boʻlishmoqda” sarlavhali mazkur maqolada rus sayohatchilari yaqin xorijni faol oʻrganishda davom etayotgani qayd etilar ekan, Oʻzbekiston 2023-yilda sobiq ittifoq hududidagi eng mashhur yoʻnalishlardan biriga aylanganini alohida taʼkidlaydi.
Nashr Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga tayangan holda, 2023-yili dam olish va hordiq chiqarish maqsadida chegarani kesib oʻtgan har uchinchi xorij fuqarosi rus ekanligini maʼlum qilgan. Mamlakatimiz koʻhna tarix, ajoyib va betakror yodgorliklar, mehmondoʻst xalqi va mazali taomlarga ega goʻzal yurt ekanligi alohida taʼkidlangan.
"Quyoshli Oʻzbekiston. Siz samolyotdan tushishingiz bilan bu iboraning maʼnosini teran anglaysiz. Oʻzbekiston quyoshi haqiqatan ham saxiy, moʻl-koʻl, hamma uchun yetarli. Bu xushboʻy choy yoki mehmondoʻst tabassum kabi noyob mahalliy lazzatning ajralmas qismidir", deb yozadi nashr.
Taʼkidlanganidek, odamlar Oʻzbekistonga nafaqat quyosh oʻlkasi boʻlgani uchun, balki Markaziy Osiyodagi eng qadimgi sivilizatsiya markazi, asrlar davomida u transevroosiyo savdosining muhim boʻgʻini boʻlib kelganini, Buyuk Ipak yoʻli ushbu mamlakat orqali oʻtganini tarixiy yodgorliklar timsolida oʻz koʻzlari bilan koʻrish uchun kelishadi. Chunki tarixan minglab karvonlar bu yerga nafaqat uzoq mamlakatlardan noyob tovarlarni, balki gʻoyalar, eʼtiqod, urf-odatlar, ilmiy va amaliy bilimlarni ham olib kelishgan", deb yozadi "Izvestiya".
Yuqoridagilar bilan birga, ushbu maqolada mamlakatimiz bagʻrida joylashgan jahonga mashhur tarixiy shaharlarimiz, milliy oshxonamizga oid muhim maʼlumotlar ham oʻquvchilarning eʼtiboriga havola qilingan.