“Jadidlar” rukni ostida kitoblar to‘plami nashr etildi

    Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ma’rifatparvar jadid allomalarimizning ilmiy merosini ommalashtirish maqsadida “Jadidlar” rukni ostida kitoblar to‘plami nashr etildi.

    Mazkur to‘plamda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Is’hoqxon to‘ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Gʻulom Zafariy kabi ma’rifatparvar jadidlarning hayoti va ijodi, asarlarining qisqacha tahlili, e’tirofi, hikmatli so‘zlari va boshqa jihatlari o‘rin olgan.

    Har bir kitobni tayyorlanishida jadidlar faoliyati bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar jalb qilindi. Kitoblar to‘plami 23 ming nusxada chop etildi.

    Mazkur to‘plam vazirlik-idoralarga, tashkilotlarga, ta’lim muassasalariga — barchaga tarqatilmoqda. Ayniqsa, yoshlar yetakchilari orqali barcha mahallalarga tez orada yetkazib beriladi.