Mazkur holat Milliy gvardiya va Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan nazoratga olinib, ogʻir oqibatdan sodir boʻlishining oldi olindi.
Lekin ayrim ijtimoiy tarmoq faollari ushbu tartibsizlik jarayonida goʻyoki bir nechta fuqarolar jarohat olgani va vafot etganligi haqida asoslanmagan va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmoqda.
Oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida ushbu holatda birorta fuqaro jarohat olganligi va vafot etganligi haqida xabar kelib tushmagan.
Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan va tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini soʻrab qolamiz.
Ushbu konsert dasturiga kirish uchun fuqarolarga soxta bilet sotilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.









