Jahon banki vakillariga banklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni, tijorat banklari faoliyatiga korporativ boshqaruv tamoyillarini keng joriy etish haqida batafsil maʼlumot berildi. Oʻzbekiston davlat tijorat banklarida korporativ islohotlarni qoʻllash muhimligi qayd etildi.
Muloqot chogʻida tijorat kreditlashidagi oʻzgarishlar, xususiy sektor uchun bank kreditlarining ulushi, qishloq xoʻjaligi va uy-joy kommunal xoʻjaligida subsidiyalangan kreditlash va boshqa masalalar muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolda mazkur masalalar boʻyicha muhokamalarni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.