Jahon chempionatida ilk medallar qoʻlga kiritildi

    Durres shahri (Albaniya) mezbonlik qilayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ilk medallariga ega chiqdi.

    -81 kilogramm vazn toifasida supaga chiqqan Diyorbek Ermatov 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

    Hamyurtimiz oʻzining sevimli dast koʻtarish mashqida 145 kilogramm bilan eng yuqori natija qayd etdi. Siltab koʻtarishdagi 169 kilogramm va ikki kurashdagi 314 kilogramm uni shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishini taʼminladi.

    1. Levan Ochigava (Gruziya) - 322 (143+179) kg
    2. Da He Kvon (J.Koreya) - 316 (142+174) kg
    3. Diyorbek Ermatov (Oʻzbekiston) - 314 (145+169) kg