Unda hamyurtimiz Nigina Oʻktamova (-54 kg) gʻalaba qozonib, oʻzbek bokschi qizlari orasida ilk bor jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Shunday tarixiy natija qayd etgan bokschimiz hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Bokschimizga ushbu tarixiy natijasi uchun “Nexia-3” mashinasi topshirildi, deya xabar beradi Oʻzbekiston milliy olimpia qoʻmitasi axborot xizmati.









