Bu haqda Sport vazirligi axbrot xizmati maʼlum qiladi.

Mehmonlar:

Dida (Jesus Silva) – darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UYEFA chempionlar ligasi gʻolibi.

Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UYEFA chempionlar ligasi gʻolibi.

Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq aʼzosi, oʻng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.

Serjinio (Serjio Klaudio dos Santos) – Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UYEFA chempionlar ligasi gʻolibi.

29-iyun kuni soat 15:00da Yoshlar ijod saroyida boʻladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, Oʻzbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbat boʻladi. Uchrashuvda ishtirok etish bepul.