Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʼra, tadbirda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov ishtirok etdi va nutq so’zladi.
Yangi fakultet faoliyatining asosiy yo‘nalishi rahbar hodimlarni zamonaviy boshqaruv va biznes yuritish usullariga o‘rgatish, raqobatbardoshlikni oshirish, jahon savdo va investitsiya faoliyatining zamonaviy tendensiyalari hamda iqtisodiyotning turli sohalarida eng yangi texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir.