Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi xabariga koʻra, 25-28-mart kunlari Angliyaning Manchester shahrida oʻtkazilgan Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para paurlifting boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari hozirgina yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Paralimpiya assotsiatsiyasi rahbariyati, sportchilar, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari tantanali kutib olishdi.
Eslatib oʻtamiz, Jahon kubogida terma jamoamiz sportchilari 1 ta bronza va 3 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida 2-oʻrinni, jamoaviy bellashuvlarda esa 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.