Jahon madaniyati sivilizatsiyasi bilan hamohang sanʼat

    Ayni daqiqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida oʻtkazilayotgan II xalqaro baxshichilik sanʼati festivali doirasida “Baxshichilik sanʼatining jahon madaniyati sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi.

    Mazkur anjumanda Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Qozogʻiston kabi davlatlarning nufuzli ilm maskanlaridan kelgan taniqli folklorshunos olimlar baxshichilik sanʼati tarixi va jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni haqida mulohaza yuritadi.

    Xususan, filologiya fanlari doktori, professorlar Metin Ekiji, Jabbor Eshonqulov, Huseyin Baydemir, Sarigul Baxidirova, Erdogʻan Altinkaynak, Halil Ibrahim Shahin, Tamara Goryayevna Basangova, Talantali Bakchiyev kabi xalqaro miqyosda taniqli folklorshunos olimlar sohaga oid qiziqarli maʼlumotlarni taqdim qiladi.